Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Birlaşgan Arab Amirliklariga rasmiy taşrifi doirasida 26 mart kuni Dubay şahrida BAA Vitse-prezidenti, Boş vaziri, Dubay amiri Şayx Muhammad bin Roşid Ol Maktum bilan muzokara ötkazdi.
Amirliklarning eng yirik şahri Dubay insoniyat ilmiy-texnik taraqqiyotining eng ilğor yutuqlarini özida mujassam etgan. Masalan, dunyoning sakkizinçi möjizasi, deb e'tirof etilayotgan Palm Islands sun'iy orollari inson qöli bilan yaratilgan eng yirik arxipelag bölib, özining miqyosi va körkamligi bilan hayratga soladi. Bu yerda muhtaşam mehmonxonalar joylaşgan. Sayyoramizdagi eng baland osmonöpar bino - Burj Khalifa esa 11 körsatkiç böyiça Ginnes rekordlar kitobiga kirgan.

Dubayda dunyodagi eng uzun avtomatlaştirilgan metro tizimi va usti yopiq piyodalar ötiş yölagi mavjud. Sahroda joylaşganiga qaramay, şaharda jahonning eng yirik gullar boği barpo etilgan. Bu yerdagi plyajlar eng toza deb tan olingan. Şaharga bir yilda örtaça salkam 16 million kişi taşrif buyurişi bejiz emas. Dubay boşqa soha va yönalişlarda ham köplab rekordlarni zabt etgan.
Bularning barçasi oçiqlik va tabiiy boyliklardan oqilona foydalaniş siyosati tufaylidir. Dubayning jadal ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga köp jihatdan şahar va amirlik hokimi Şayx Muhammad bin Roşid Ol Maktumning ğoyalari kuçli turtki böldi.
Özbekiston ham dunyoga oçilmoqda. Mamlakatimiz jadal va izçil rivojlaniş yölidan bormoqda, bu jarayonda jahon tajribasini örganiş, şuningdek, xorijiy hamkorlar bilan innovatsion, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boşqa sohalarda faol hamkorlik qiliş muhim örin tutadi.
Köp qirrali hamkorlikni mustahkamlaş masalalari Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Şayx Muhammad bin Roşid Ol Maktum bilan “Zaabil” saroyida bölib ötgan uçraşuvining asosiy mavzusi böldi.

BAA Vitse-prezidenti, Boş vaziri davlatimiz rahbarini samimiy qutlab, keça Abu-Dabida mamlakatlarimiz örtasida erişilgan kelişuvlardan mamnun ekanini ta'kidladi. Dubay amiri öz taraqqiyotining yangi bosqiçiga çiqqan Özbekiston bilan köp qirrali aloqalarni mustahkamlaşdan manfaatdorligini bildirdi.


















