Avvalroq Imron Xon Afg‘oniston hukumati "Tolibon" harakati bilan tinchlik muzokaralari o‘tkazishga to‘sqinlik qilayotganini bildirgan va boshi berk ko‘chadan chiqish uchun vaqtinchalik hokimiyat organlarini tashkil qilishni maslahat bergandi.

Afg‘oniston TIV, shuningdek, Pokiston elchisining o‘rinbosarini ham chaqirgan. 

"TIV Pokiston bosh vazirining tinchlik jarayoni va o‘tish hukumati tashkil etilishi borasidagi o‘ylanmasdan qilingan bayonotiga norozilik bildiradi", - deyiladi Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

TIVning qayd etishicha, bunday so‘zlar yana bir bor Pokistonning aralashish siyosati va Afg‘oniston milliy suverenitetiga nisbatan hurmatsizligi namunasi hisoblanadi.