Ispaniyada Özbekistonga bağişlangan jahonga maşhur Le Petit Futé qöllanmasi çop etildi. Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi saytida ma'lum qilinişiça, uşbu gid loyihasi Ispaniyaning Alhena Media hamda Fransiyaning Le Petit Futé naşri bilan hamkorlikda, Özbekistonning Madrid şahridagi elçixonasi kömagida amalga oşirilgan.

Ispan tilidagi qöllanma 80 ming nusxagaça naşr etiladi. Naşrning 336 sahifasida Özbekiston, uning tarixi va buyuk allomalari, madaniyati, san'ati, an'analari, sporti, şuningdek, siyosati va iqtisodiyoti, aholisi, oşxonasi va milliy öyinlari haqida batafsil ma'lumot taqdim etilgan.

Naşrda barça ma'lumotlar köp sonli rang-barang illyustratsiyalar bilan birga uzatilgan. Undan sözlaşuv qöllanmasi, viloyat va şaharlar xaritasi ham örin olgan. Özbekistonning sayyohlik salohiyatini namoyiş qiluvçi qöllanma yurtimizga taşrif buyuruvçi xorijiy sayyohlar oqimini oşirişda muhim omil bölib xizmat qiladi.

Foto: Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi

Naşrda Özbekiston öz tarixiy merosi, qadimiy an'analari va urf-odatlarini yaxşi saqlab qola olgani ta'kidlanadi. "Aynan boy ötmiş sehri eng sirli afsona va jumboqlarni kaşf qiliş istagi bölgan zamonaviy sayyohni öziga jalb qiladi", - deyiladi qöllanmada.

Kitobda Özbekiston buyuk imperiyalar (Iskandar Zulqarnayndan to Çingizxon va Temurlang imperiyalari)ning tuğilişi, ziddiyatlari va halokatining guvohi bölganligi qayd etilgan.

Özbekistonning zamonaviy rivojiga kelsak, Prezident Şavkat Mirziyoyevning sa'y-harakatlari tufayli mamlakatda katta özgarişlar röy berdi, iqtisodiy va ijtimoiy sohalar faol rivojlanmoqda, qöşni mamlakatlar va uzoq xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama munosabatlar kengaymoqda.

Foto: Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi

Uşbu qöllanma Özbekistonga sayohatni rejalaştirayotgan turistlar uçun köp savollarga javob topişga hamda safarni taşkillaştirişga yordam beradi.

Ma'lumot uçun: Le Petit Futé — 1976 yildan beri naşr etiluvçi qöllanmalar seriyasi. Bugunga kelib seriyada 400 dan ortiq kitob taqdim etildi. Qöllanmalar şaharlar, hududlar, mamlakatlar hamda mavzular böyiça bir neça toifaga bölinadi. Le Petit Futé dunyoning turli tillarida çop etiladi. Har kuni sayyohlarga 189 mamlakatdagi 800dan ziyod yönaliş böylab hamrohlik qiluvçi 4 yangi qöllanma paydo böladi.