Internetda aralaş yakkakuraşlar jangçisi, özbekistonlik Murod Xontörayevga yana piçoq bilan hujum qilişgani töğrisida xabarlar tarqaldi.
OAV ma'lumotiga köra, hodisa bugun, 27 mart kuni, Toşkentda yuz bergan.
«Xontörayev özining yaqinlaridan biri bilan gap talaşib qolgan. Natijada mojaroning ikkinçi iştirokçisi Murod Xontörayevga piçoq bilan hujum qilgan. Xontörayevga tibbiy yordam körsatilgan. Uning jarohati u qadar jiddiy emasligi aytilmoqda», - deyiladi OAV xabarida.
Kun.uz’ning huquq-tartibot idoralaridagi manbalari ma'lumotiga köra, bunday voqea yuz bermagan.
«Xontörayev bilan hammasi joyida, u heç kim bilan mojaroga bormagan», - deya aytib ötişdi manbalar.
Eslatib ötamiz, 2018 yilning 26 noyabr kuni Toşkent şahridagi «Toşkent savdo markazi» (sobiq Turkuaz) hududida yakkakuraş sport turining aralaş turi böyiça jahon çempioni Murod Xontörayev piçoqlab ketilgani xabar berilgandi.
Keyinçalik, internetda MMA jangçisi Murod Xontörayevning ofisiga uyuştirilgan hujumga oid videolar tarqaldi.
Bundan oldin, Murod Xontörayev bir qator şaxslar bilan birgalikda 2018 yil 21 iyunga ötar keçasi Yunusoboddagi tungi klublardan birida «jamoat joyida yuriş-turiş qoidalarini buzgan, tartibsizlik qilgani» haqida xabar berilgandi.
Uning özi tan jarohati (kökragiga piçoq bilan zarba berilgan) bilan Yunusoboddagi 7-kasalxona (sobiq 17-şahar kasalxonasi)ga yotqizilgan, keyingi kuni militsiya tomonidan olib ketilgan.












