Jahon | 09:55 / 27.03.2019
26422
2 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko saylovlardagi asosiy raqibi kim ekanini aytdi

Foto: TASS

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko saylovlardagi asosiy raqibini ma'lum qildi, deb yozmoqda «Ukrainskiye novosti».

Uning ta'kidlashicha, bu haqda ochiq gapirmoqda va o‘z pozitsiyasini yashirmayapti.

«Mening raqibim kim? Men buni yashirmayman va ochiq aytaman, sababi qolganlar buni qilishdan qo‘rqishadi. Bu - Putin», - deya ma'lum qildi Poroshenko.

Siyosatchining qo‘shimcha qilishicha, u o‘zi uchun Rossiya yetakchisi kim ekani haqidagi savolga javob qaytarishga tayyor emas.

Shuningdek, Poroshenkoning bildirishicha, Rossiya bilan siyosiy muloqotni amalga oshirish ham mumkin. Bu haqda «112 Ukraina» xabar bermoqda.

Uning aniqlik kiritishicha, bunga faqat Qrimning «Rossiya deokkupatsiyasi» va Donbassdagi urush tugasa, shuningdek, Kerch bo‘g‘ozida qo‘lga olingan ukrainalik dengizchilar ozod etilsa, erishish mumkin.

«Faqatgina shunda... biz Rossiya Federatsiyasi bilan siyosiy muloqotga qaytamiz», - deya qayd etib o‘tdi Poroshenko.

Bundan oldin, Poroshenko mamlakat aholisini Putin oldida tiz cho‘kib turmaslikka chaqirgandi.

Mavzuga oid