Camarqand şahrida istiqomat qiluvçi tadbirkor Aziz Ibodullayev özini bir neça oydan buyon qiynab kelayotgan muammo bilan Kun.uz tahririyatiga murojaat qildi.

Tadbirkor 2013 yil iyulida şaharning N.Yoqubov köçasida ikkita mini futbol maydoni qurilişini boşlab, 2017 yil Navröz bayrami kuni töliq faoliyatini boşlagan. Quriliş işlariga 1,6 milliard sömdan ziyod mablağ sarflangan. Bugun ana şunça mablağ havoga uçiş arafasida — maydonlarni buziş böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy devonidan bir neça marta xat kelib turibdi.

Aslida, bu hududda Samarqand oziq-ovqat kasb-hunar kolleji joylaşgan. A.Ibodullayev ta'lim muassasasi bilan tegişli qonunçilikka muvofiq, rasman kelişgan holda bu yerda quriliş işlarini boşlagan. Muhimi, bu böyiça Samarqand şahar hokimining «Qurişga ruxsat beriş töğrisida»gi qarori ham bor. Şuningdek, örta maxsus kasb-hunar ta'limi boşqarmasining ruxsati ham. Xullas, hammasi joyida (Töğrisini tan oliş kerak, maydon kollejga tegişli bölgani sababli, tadbirkorga yerga egalik huquqi berilmagan).

Mazkur maydonlar işga tuşgaç, atrofdagi maktab, litsey va kollej öquvçilari, oliy ta'lim muassasalari talabalari, şahardagi mahalla fuqarolari hamda korxona-taşkilotlarning işçi xodimlari maşğulotlar ötib kelayotgandi. Tadbirkor ham xursand, aholi ham. Qöşimçasiga, uçta xonadonning tirikçiligi ham ötib turibdi.

Joriy yil iyun oyigaça hammasi yaxşi ketayotgandi, — deydi tadbirkor. — Iyun oyi oxirlarida özini Milliy gvardiyaga qaraşli harbiy qism komandiri ölaroq taniştirgan bir kişi kelib, kollej hududi gvardiyaga ötiş arafasida ekanligini aytdi. Mening şunça mehnatim, xarajatlarim haqida gap oçilganida, futbol maydonlarining smeta qiymatini sörab, sotib olinişini ma'lum qildi. Men, tegişli hujjatlar hali çiqsin qani, deganimda, «hujjatlar 100 foiz çiqadi», deb işontirgan edi.

Haqiqatan ham oradan heç qança ötmasdan, men qurgan maydonlar hududi Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Samarqand viloyat boşqarmasi ixtiyoriga ötib ketdi. Ana şundan keyin boşqarmadan ketma-ket stadionnni buzişim töğrisida xatlar kelmoqda. Işning yana bir tomoni borki, oziq-ovqat kolleji köçib ketgandan keyin kadastr inventar hujjatini tayyorlatilganda mazkur maydonlar kiritilmagan. Ya'ni, uşbu hudud futbol maydonlarisiz ruyxatdan ötkazilgan. Ana şu xatoning jabrini nega men tortişim kerak?

Tadbirkor dastlab Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boşqarmasiga, keyin viloyat hokimiga, keyin esa tegişli deyarli barça respublika idoralariga murojaat qilib kördi. Javob har xil, muammo esa hali ham yeçim topmagan.

«Viloyat hokimi kelib maydonlarni kördi, şaroitlarga qiziqdi, ammo maydonlar taqdiri böyiça aniq gap aytmadi», — deydi A.Ibodullayev.