Ukrainada prezidentlik saylovlarining birinchi turi 31 mart kuni bo‘lib o‘tadi, saylov byulletenlarida esa 31 nomzod nomi ko‘rsatilgan. Ammo ayni vaqtga kelib ijtimoiy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra nomzodlarning 5 nafari reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha qolganlaridan yaqqol ajralib qolgan.

Bi-bi-si nomzodlarning «kuchli beshligi» haqida asosiy ma'lumotlarni keltiradi: quyida ularning dasturlari, ustunliklari va kamchiliklari, shuningdek, Rossiyaga munosabatlari haqida bilib olish mumkin.

Vladimir Zelenskiy, 41 yoshda, komik

Kinokomediyalarda Napoleon va Ukraina prezidenti rollarini ijro etgan bu aktyor endi chindan Ukraina prezidentiga aylanishi mumkin va bu hazil emas.

Qisqacha tarjimai holi
Krivoy Rogda tug‘ilgan, yuridik tahsil olgan, lekin shu kungacha mutaxassisligi bo‘yicha ishlamagan. KVNdagi ijrolari orqali mashhur bo‘lgan, ammo Aleksandr Maslyakov bilan janjallashib qolgach, o‘zi boshchiligidagi «95-kvartal» jamoasini muvaffaqiyatli studiyaga aylantirib, yumoristik shoular, komedik filmlar va seriallar yaratishga kirishgan. Zelenskiy «Xalq xizmatkori» («Sluga naroda») filmida o‘qituvchilikdan Ukraina prezidentiga aylangan shaxs rolini ijro etgan.

Saylovoldi dasturi
«Men bir muddatga prezident bo‘lmoqchiman. Birinchi qonun loyihasi - «xalq hokimiyati» bo‘ladi, buning evaziga xalq hokimiyatga referendum orqali vazifalar qo‘yishi mumkin. Har bir tadbirkor o‘z daromadlarining 5 foizini qonuniylashtirishiga imkon beriladi. Har bir bola davlat tomonidan o‘zlashtirilayotgan tabiiy zaxiralardan o‘z hisobiga daromad yig‘ib bora oladi.Imtiyozlar va subsidiyalar monetizatsiya qilinadi. Ukraina ekologik toza mahsulotlar sotadigan jahon bozoriga aylanadi».

Rossiya haqida
«Men u yerga tomosha qo‘ygani bora olmayman, bundan o‘zimni shunchaki yomon his qilaman»

Nima yordam berishi mumkin?

  • Ukraina siyosatidagi «yangi, gard yuqmagan yuz» imiji;
  • Saylovchilar uni «Sluga naroda» seriali qahramoniga tenglashtirgan holda ovoz berishadi;