Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Qişki sport turlarini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan quyidagilar:

Özbekistonda qişki sport turlarini rivojlantiriş dasturi;

2019-2023 yillarda davlat-xususiy şeriklik asosida xalqaro standartlarga javob beradigan yengil konstruksiyali muz qoplamali yopiq maydonlarni quriş hamda ularni zamonaviy sport asbob-uskunalari 
va jihozlaş manzilli dasturi;

Ommaviy axborot vositalari, internet tarmoğining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda, aholi örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş media-rejasi tasdiqlanişi mumkin.

Dasturning moliyalaştiriş manbalari etib quyidagilar belgilanadi:

Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari;

Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari;

Qoraqalpoğiston Respublikasi budjeti, viloyatlar, Toşkent şahar mahalliy budjetlari, jamğarmalar, sport federatsiyalari (uyuşmalari), klublari, xorijiy investorlar, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari mablağlari, yuridik va jismoniy şaxslarning homiylik xayriyalari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklarining:

joylarda barpo etilayotgan “Business city” şaklidagi zamonaviy işbilarmonlik markazlari hududida 2019-2023 yillarda davlat-xususiy şeriklik asosida xalqaro standartlarga javob beradigan yengil konstruksiyali yopiq muz qoplamali maydonlarni quriş hamda ularni zamonaviy sport asbob-uskunalari va jihozlari bilan ta'minlaş;

qişki sport turlari böyiça xorijiy mutaxassis va trenerlarni işga jalb qiliş hamda ularni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş maqsadida uy-joy ajratiş töğrisidagi takliflari qabul qilinişi mumkin.