Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Qişki sport turlarini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident qarori loyihasi joylaştirildi.
Hujjatda qayd etilişiça, qişki sport turlarini rivojlantirişda qator tizimli muammolar va kamçiliklarning mavjudligi mazkur yönalişda mamlakatning mavjud sport salohiyatidan töliq foydalanişga tösqinlik qilmoqda. Xususan:
birinçidan, qişki sport turlarini rivojlantiriş uçun zamonaviy moddiy-texnika bazaning yetarli emasligi, xalqaro standartlarga javob beradigan sport asbob-uskunalari va jihozlarining yetişmasligi uşbu sport turlarini ommalaştirişda qator muammolarni keltirib çiqarmoqda;
ikkinçidan, qişki sport turlari böyiça sport kadrlarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşirişning amaldagi tizimi bu borada malakali mutaxassislarga bölgan ehtiyojni qondiriş imkonini bermayapti;
uçinçidan, davlat-xususiy şeriklik şartlarida qişki sport turlari böyiça zamonaviy moddiy-texnika bazasi va infratuzilmasini yaratiş böyiça nodavlat sektor bilan özaro munosabatlarning past darajada ekanligi uşbu sohada mavjud muammolarni samarali hal etişga imkon bermayapti;
törtinçidan, joylarda qişki sport turlari böyiça sport inşootlari va infratuzilmasi mavjud emasligi musobaqalarning tizimli ötkazilişiga yoşlar orasidan iqtidorli sportçilarni tanlab oliş (seleksiya)ning samarali va şaffof tizimini yaratişga, terma jamoalar tarkibini sifatli töldiriş uçun sport zaxirasini şakllantiriş va yuqori malakali sportçilarni tayyorlaşni ta'minlaşga tösqinlik qilmoqda;
beşinçidan, malakali mutaxassislarning yetişmasligi sport inşootlarini sifatli saqlanişiga, foydalanişiga va inşootlardagi sport anjom va jihozlariga zamonaviy xizmat körsatiş imkonini bermayapti.













