Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirğizistonga davlat taşrifi bilan keldi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotiga köra, Putin Bişkekka Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uçraşiş uçun kelgan.
Qayd etilişiça, yetakçilar Rossiya-Qirğiziston mintaqalararo konferensiyasida iştirok etadi.
Şu bilan birga, uçraşuv davomida Putin va Jeenbekov Rossiya-Qirğiziston munosabatlarining hozirgi holati hamda rivojlaniş istiqbollarini muhokama qiladi.
Bundan oldin, Jeenbekov va Putin Qirğizistondagi Rossiya harbiy bazasining maqomi özgarişini muhokama qilişi xabar berilgandi.












