Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmatidan xabar berilishicha, imzolangan Hamkorlik memorandumi turizm sohasida qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish, o‘zaro amaliy tajriba almashish hamda har tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi.

«Germaniyada O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha marketing strategiyasini ishlab chiqish, qo‘shma tadqiqotlarda ishtirok etish hamda talabalar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish masalalarida germaniyaliklar «Ipak yo‘li» xalqaro turizm universiteti bilan hamkorlik qilishga tayyor» – deydi Drezden amaliy fanlar universiteti rektori Kristof Shols.

Drezden amaliy fanlar universiteti talabalari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i U. Saidov O‘zbekistonda turizm sohasida bo‘layotgan o‘zgarishlar, Yevropa mamlakatlari fuqarolari uchun viza rejimining soddalashtirilishi va bekor qilinishi, shuningdek, O‘zbekistonning boy madaniyati va tarixi hamda yoshlar turizmini rivojlantirish, investitsiya kiritish uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma'lumot berdi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Uchrashuv oxirida Drezden amaliy fanlar universiteti talabalari O‘zbekistondagi turizmning yangi yo‘nalishlari, jumladan, tog‘, ekstremal va yoshlar turizmiga katta qiziqish bildirishdi. Shu bilan birga, ular O‘zbekistonga sayyohlarni jalb qilish va turizmni rivojlantirishga doir amaliy takliflarini ilgari surishdi. Talabalar ta'til davomida O‘zbekistonga tashrif buyurish istaklari borligini ta'kidlashdi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi