28 mart kuni Oliy sud taşabbusi bilan ilk marta jurnalistlar bilan videokonferensiya körinişidagi muloqot ötkazildi. «Sudlar faoliyatida oçiqlik va oşkoralik prinsipini ta'minlaşda OAVning örni va roli» mavzusida ötkazilgan videokonferensiyada Oliy sud raisi va barça viloyat sudyalari iştirok etişdi.

Videokonferensiyani kuzatgan Kun.uz muxbiriga köra, barça sud hay'atlari vakillari 4 soatga yaqin davom etgan onlayn muloqot davomida ötgan yillarda olib borilgan işlar haqida ma'lumot berişdi. Ayniqsa, Oliy sud raisi Kozim Komilov köplab mavzulardagi fikrlari köpçilik uçun qiziq böldi. Muloqot davomida ötgan yil respublika hududida jinoyatçilikning keskin kamaygani aytildi. Masalan, jinoyat işlari böyiça sudlarga 2018 yilda oldingi yildagiga qaraganda 33,9 foiz kamroq arznoma tuşgan. Oliy sudga tuşgan arizalar miqdori 13 foizga kamaygan.

2017 yilda jinoyat işlari böyiça sudlarda 43 ming fuqaroga hukm çiqarilgan bölsa, ötgan yilda bu körsatkiç 28 mingtagaça kamaygani ta'kidlangan holda jinoyatçilikning soni kamaygani unga qarşi kuraşni yengillaştirişga asos bölmasligi aytildi. Oliy sud raisi Kozim Komilov sayyor sudlarga e'tibor kuçayganini alohida ta'kidladi. Uning aytişiça, sudlarda kamida 30 foiz işlar aynan sayyor sudlarda körilişi kerak. Bu körsatkiç sudlarda 40–60 foizgaça yetayotgani aytildi.

Fuqarolik sudlarida esa aksar işlar oilaviy mojarolar ekani afsus bilan ta'kidlandi: «Fuqarolik sudida 3–4 yil işlagan sudya yaxşi kadr bölib yetişadi. Bu yerda juda oğir masalalar köriladi. Oilaviy nizolarni örganiş odam uçun qiyin. Tasavvur qiling, eng yaqin insonlar bir-biridan norozi va siz ularning muammosini hal qilişingiz kerak», — dedi Komilov.

Oliy sud raisi şuningdek ajraliş töğrisidagi işlarni imkon qadar sudgaça olib çiqmaslikka harakat qiliş kerakligini aytdi: «Bizda rasmiy bölmasa ham yaraştiriş instituti şakllangan, desam böladi. Oilalarning ajraşişini sudda köriş oğir masala. Axir köz oldingizda oilalar ajralib ketişi, bolalarning arosatda qolişi juda yomon-ku?! Biz ajraliş töğrisidagi işlarni imkoni qadar sudgaça hal qilişimiz kerak. Şu örinda mahallalardan biroz xafaman. Ular oilalarni yaraştiriş borasida iş olib borişi kerak. Masalan, biz bu haqda film işladik va uni körib köz öngimizda yaraşib ketganlar bölişdi.

Oila masalasiga yengil qaraş kerak emas. Biz 2018 yilda 26 ming oilani yaraştirişga erişdik. Bu natijani köpaytirişimiz kerak. Yaqinda vodiyda böldik va kördikki, u yerda şunçaki şa'riy nikohda bölganlar köp. Xotin qaynonaga yoqmaydi-da keyin... Nima, u buyummi tez-tez almaştiradigan? Menga qolsa, er-xotin örtasida nikoh şartnomasi bölişi şart.