Bugun, 29 mart kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi press-hollida Özbekiston respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamğarmasi «Pensiya jamğarmasiga suğurta tölovlarini amalga oşiriş» böyiça matbuot anjumani ötkazdi.

Tadbir jarayonida pensiya ta'minoti böyiça qator ma'lumotlar berildi.

Ma'lumotlarga köra, 2018 yil davomida qöşimça 260 ming fuqaroga pensiya tayinlangan. Umuman, respublika böyiça har oyning 12-14 sanasigaça pensiyalar töliq moliyalanişiga erişilmoqda, buning uçun 2,3 trln söm mablağ şakllantiriladi.

Hozirgi kunda pensiya jamğarmasini şakllantirişda iştirok etmayotgan 9 milliondan ortiq fuqaroni jalb qiliş, kelajakda ularni ham pensiya bilan ta'minlaş maqsadida öz-özini band qilgan fuqarolarga (masalan xorijda işlovçilar, tomorqaçilik bilan şuğullanuvçilarga) ixtiyoriy badal tölab boriş tizimi yölga qöyilgan.

Xorijda işlovçilar yiliga EKIHning 4,5 barobari, 4 sotixdan kam bölmagan dehqon xöjaligida faoliyat yuritgan şaxs 1 barobari miqdorida, YaTT yoki oilaviy tadbirkorlik sub'yekti oyiga 1 barobari miqdorida badal tölaşlari zarur staj yiğilişiga asos böladi.

«Albatta, pensiya yoşining uzaytirilişi dunyoning köplab davlatlarida kuzatilmoqda. Özbekistonda bugungi kunda va yaqin kelajakda bunday amaliyot rejalaştirilmagan. Ammo iş stajini pensiya yoşiga boğlaş böyiça ayrim loyihalar möljallangan. Çunki, pensiya yoşiga yetganlarning örtaça staji 21 yilni taşkil qilmoqda. Yuqorida ta'kidlanganimdek, bu hali bir loyiha maqomida, aniq özgarişlar kutilayotgani yöq», deya javob bergan Pensiya jamğarmasi ijro etuvçi direktor örinbosari Şuhrat Davronov Kun.uz muxbirining kelajakda pensiya yoşi oşirilişi ehtimoli böyiça bergan savoliga.