Toshkentda 1 apreldan 7 aprelga qadar Rossiya Madaniyat vazirligining yillik loyihasi “Rossiya gullari” XV Xalqaro madaniy festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
“Turli madaniy-ma'rifiy tadbirlarni o‘z ichiga olgan festivalda shahrimiz aholisi rus guruhlarining ijodiy yutuqlaridan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishicha, festivalning ochilish marosimi 1 aprel kuni “Turkiston” konsertlar zalida bo‘lib o‘tadi.















