Özbekiston Respublikasi Normativ-hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining «Sanoat tarmoqlarida va ijtimoiy sohalarda muqobil yoqilğidan foydalanişni kengaytiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat loyihasida olib borilayotgan işlarga qaramay, milliy iqtisodiyot energiya siğimi yuqorililigiça qolayotgani, sarflanayotgan yoqilği-energetika resurslarini va qayta tiklanuvçi manbalarni sanoat işlab çiqarişga jalb etiş diversifikatsiyalaş darajasi jahon tendensiyasiga javob bermasligi va birlamçi yoqilği turlaridan foydalanişda tabiiy gazning uluşi yuqoriligiça qolayotgani qayd etilgan.
«Joylarda ğişt va sement işlab çiqariş zavodlari, ohak işlab çiqariş korxonalari hamda issiqxona xöjaliklarini muqobil yoqilği turlariga moslaştiriş işlari yetarlik darajada taşkil etilmagan. Tahlillardan körinadiki, muqobil yoqilği turlariga ötkaziş böyiça topşiriqlarning bajarilişida qoloqliklar kuzatilmoqda, jumladan, ğişt işlab çiqaruvçi zavodlarning 33 foizi, ohak işlab çiqariş korxonalarining 0,5 foizi kömir yoqilğisiga moslaştirilgan xolos. Öz navbatida hisob-kitoblar, ğişt işlab çiqariş zavodlarini tabiiy gazdan kömir yoqilğisiga ötkazilişi 1520,0 mln.kub m, ohak işlab çiqariş korxonalari esa 668 mln.kub m tabiiy gaz tejalişini körsatmoqda», deyiladi hujjat loyihasida.
Vazirlar Mahkamasi qaror uşbu hujjatni qayta işlab çiqarilmaydigan uglevodorod resurslaridan va muqobil yoqilği turlaridan unumli va samarali foydalaniş, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada muqobil yoqilği turlaridan foydalanişni kengaytiriş, şu yönalişda iqtisodiyot tarmoqlari va aholi tomonidan barqaror energiya sarfi tizimini tuziş, iqtisodiy rivojlangan davlatlar tajribasiga asoslangan xolda, iqtisodiyot energiya siğimi kamaytiriş, hamda işlab çiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoşligini ta'minlaş maqsadida qabul qilgan.
Energiya sarfini qisqartiriş sohasida ustuvor yönalişlar deb quyidagilar belgilangan:
- iqtisodiyot tarmoqlarida tabiiy gazning qozon va öçoq yoqilği turi sifatida foydalanişida uluşini qisqartiriş;
- faoliyat körsatayotgan va yangi tuzilayotgan işlab çiqariş quvvatlarini modernizatsiya qiliş, eneregiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalar bilan yangilaş hisobiga işlab çiqarilayotgan mahsulot energiya siğimini kamaytiriş;
- quriliş materiallari işlab çiqaruvçi korxonalar va issiqxona xöjaliklarining qozon uskunalarini tabiiy gazdan boşqa muqobil yoqilği turlaridan (kömir, kömir va yoğoç briketlari va palletlar, biogaz va boşqalar) foydalanişga ötkaziş;

















