Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyati hokimi Kitob tumanida aholi uchun sayyor qabul o‘tkazdi
Qashqadaryo viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyevning Kitob tumanida sayyor qabuli o‘tkazildi.

Sayyor qabulda tuman aholisi nafaqat o‘zi yoki oilasiga tegishli, balki mahalla, tuman ijtimoiy hayoti bilan bog‘liq muammolar yuzasidan viloyat rahbariga murojaatlar qilishdi.

Qariyb 2000ga yaqin fuqarolar va mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etgan sayyor qabulda har bir murojaatchining dardi e'tibor bilan tinglanib, ularning e'tiroziga sabab bo‘lgan holatlarni hokimlik, masalaga daxldor boshqarma, tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirokida chuqur tahlil qilgan holda bartaraf etish choralari ko‘rildi. Aksariyat murojaatlarda keltirilgan qonun buzilishi holatlari va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy muammolar joyida hal etildi.

Mas'ullarga topshirilgan masalalarning ijrosi yuzasidan ikki hafta muddat belgilandi.

Sayyor qabulda nogironligi bo‘lgan 40 yaqin fuqarolarga nogironlik aravachasi va boshqa maxsus moslamalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga televizor, uy-ro‘zg‘or buyumlari va oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi. Shuningdek, 50 nafar fuqaroga tibbiyot muassasalariga sog‘ligini tiklash uchun order berildi.




Kitob tumani davlat xizmatlari markazi xodimlari esa sayyor qabul doirasida 60dan ziyod fuqaroga turli davlat xizmatlarini ko‘rsatdi.


Mavzuga oid
15:09 / 24.05.2026
Qashqadaryoda FVV xodimi daryoga tushib ketgan bolani qutqarib qoldi
22:06 / 23.05.2026
Qashqadaryoda ko‘p qavatli bino qurilishi uchun yetkazib berilgan sifatsiz g‘ishtlar yo‘q qilindi
10:52 / 26.12.2025
Makriddagi tog‘ portlatilishi bo‘yicha izoh berildi: uy va maktab devorlaridagi yoriqlar qo‘shimcha tekshiriladi
22:28 / 25.12.2025