15:34 / 30.03.2019
15747

«Real» Pogba uchun tayyorlayotgan taklifning qiymati ma'lum qilindi

Foto: Getty Images

«Real» «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Pol Pogbaga asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida qaramoqda.

The Sun ma'lumotiga ko‘ra, Madrid klubi 26 yoshli xavbek uchun 125 mln funt qiymatidagi taklif tayyorlamoqda. Avvalroq «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Zinedin Zidan o‘z hamyurtini jamoasida ko‘rishni istayotgani xabar qilingandi.

Pogbaning «qizil iblislar» bilan bitimi 2021 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. U ushbu klubda 2016 yildan buyon o‘ynab keladi, jamoa tarkibida bir marta Yevropa Ligasida g‘olib chiqdi.

Pol bu mavsum «MYu»ning 37ta o‘yinida qatnashib, 14+10 mahsuldorlik ko‘rsatkichiga erishgan.

Top