Jahon | 08:26 / 30.03.2019
13172
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuela: AQSh razvedkasining faolligi 800 foizga oshdi

Vladimir Padrino Lopes/Foto: REUTERS

Venesuela mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopesning ma'lum qilishicha, mamlakat chegaralari yaqinida Amerika radioelektron razvedkasining faolligi 800 foizga o‘sgan. Vazirning so‘zlari Lotin Amerikasi davlati Mudofaa vazirligi tvitteri tomonidan keltirildi.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, razvedka AQSh harbiy havo kuchlari tomonidan olib borilmoqda. Shuningdek, uning bildirishicha, jahon ommaviy axborot vositalari razvedka faolligi ortib borayotgani haqida xabar qilmayapti.

«Venesuela suverenitetini buzishga urinishayotganda, hech kim hech narsani aytmayapti», - deya xulosa qildi Lopes.

Bundan oldin, prezident Nikolas Maduro Venesueladagi eng yirik GESga mergan hujum qilganini aytgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, gap «Guri» GESga hujum haqida ketmoqda, buning oqibatida Venesueladagi 20dan ortiq shtat elektr energiyasiz qoldi.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, mergan stansiyani uzoqqa otadigan miltiqdan o‘qqa tutgan.

Mavzuga oid