Jahon | 10:05 / 31.03.2019
3130
2 daqiqa o‘qiladi

Ekvador prokurori prezidentga nisbatan ofshordagi pullar ishi bo‘yicha surishtiruvni boshladi

Foto: Twitter /lenin

Ekvador Bosh prokurori Rut Palasios mamlakat prezidenti Lenin Morenoning ofshor kompaniyalarga aloqadorligidan shubha qilib, barvaqt surishtiruvni boshladi, deb xabar bermoqda El Universo

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuror surishtiruvi Panamada ro‘yxatdan o‘tgan bir nechta ofshor kompaniyalar faoliyatiga bog‘liq holda olib boriladi. Palasios ushbu kompaniyalar prezident Moreno uchun bir qancha ko‘chmas mulk xarid qilgani haqidagi xabarni tekshirishi kerak. 

Prezident va uning ofshor kompaniyalarga aloqadorligi haqida Bosh prokuratura parlament a'zosi Ronni Aleag bayonotidan so‘ng xabar topgan. Parlamentariy o‘z bayonotida Fuenta axborot portali ma'lumotlariga tayangan holda prezident faoliyatini tanqid qilgandi. 

 Fuenta axborot portali  amaldagi prezident, sobiq vitse-prezident 2010 yildayoq Xitoyning Sinohydro  korporatsiyasi hukumat buyurtmasini tenderda yutib olishidagi «xizmatlari uchun» ofshor kompaniyalar yordamida  18 million dollarni o‘zlashtirgan haqida yozgan.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid