Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Ukraina prezidentligiga nomzod ovoz berish qoidasini buzdi
Ukraina saylov qo‘mitasi ma'lum qildiki, Radikal partiyadan prezidentlikka nomzod bo‘lgan Oleg Lyashko saylovlardagi yashirin ovoz berish qoidalarini buzdi.
«Saylov uchastkalaridan birida ovoz berish jarayonida Ukraina prezidentligi uchun nomzodlardan biri Oleg Lyashko telekameralar va saylovchilar qarshisida o‘zining tanlovini namoyish etdi», deyiladi xabarda.
Qo‘mita xabarida prezident saylovlarida ovoz berish jarayoni maxfiyligi, tanlov belgilangan byulletenni videoga va suratga tushirish mumkin emasligi qayd etilgan.
Saylov uchastkasida Lyashko «o‘zining qalami faqat Lyashko uchun ovoz berishi» haqida gapirgan.
Lyashko 2014 yilgi saylovlar vaqtida ham xuddi shu ko‘rinishda qoida buzgandi.

Ukraina qonunchiligiga ko‘ra, bu kabi qonunbuzarlik uchun (JK 159-moddasi) katta miqdordagi jarima yoki 2 yillik axloq tuzatish ishlari yoki 3 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi ko‘zda tutilgan.
Shu vaqtgacha prezidentlikka nomzodlardan yana uch nafari - Yuriy Boyko, Yuliya Timoshenko va Vladimir Zelenskiy ham Kiyevdagi saylov uchastkalariga borib, ovoz berishdi.
Ukraina prezidentligi saylovlarida asosiy uch nomzod kurash olib bormoqda: shoumen Vladimir Zelenskiy, amaldagi prezident Petro Poroshenko hamda «Batkivshchina» partiyasi yetakchisi, muxolif siyosatchi Yuliya Timoshenko. Agar nomzodlardan hech biri 50 foizdan ortiq ovoz to‘play olmasa, 21 aprel kuni birinchi turda eng ko‘p ovoz olgan ikki nomzod ishtirokida ikkinchi tur o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
16:55 / 23.01.2026
“Jangda o‘layotgan hamyurtlarimiz juda ko‘p” - Ukrainadagi urushdan qochishga muvaffaq bo‘lgan yigit hikoyasi
16:47 / 23.01.2026
Kaya Kallas: “Jazosizlik bo‘lmasligi kerak” - YeI tribunalga 10 mln o‘tkazdi
13:28 / 23.01.2026
Sud “Moskva” kreyseriga qilingan hujumda 20 kishi halok bo‘lganini tan oldi
08:43 / 23.01.2026