Sport | 09:00 / 31.03.2019
8026
2 daqiqa o‘qiladi

Kin Ronalduning yo‘qligini bildirmayapti. «Yuventus» «Napoli» bilan oradagi farqni yana oshirdi

Italiya A Seriyasining 29-turida «Yuventus» «Empoli»ni qabul qildi. Turindagi «Alyans Stadium» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindagi yagona gol «Yuventus» hujumchisi Moyze Kin tomonidan 72-daqiqada urildi, uni bu vaziyatda Mario Manjukich golli pas bilan ta'minladi.

Bu gol 19 yoshli forvard uchun mavsumdagi uchinchi goli bo‘ldi. E'tiborli jihati u bu gollarni urishi uchun raqib darvozasi tomon 3 bor zarba berishi kifoya qilgan.

Qayd etish kerakki, jamoaning asosiy hujumchisi Krishtianu Ronaldu FIFA kunlarida, Yevro-2020 saralashi doirasida Portugaliya safidagi o‘yinda jarohat oldi va kamida 2 haftaga safdan chiqdi.

Bu g‘alabadan keyin «Yuventus» ochkolari sonini 78taga yetkazgan va turnir jadvalida peshqadamlik qilishni davom ettirgan, turinliklar eng yaqin ta'qibchisi «Napoli»ni 18 ochkoga ortda qoldirgan. «Empoli» 25 ochko bilan 17-o‘rinda joylashgan.

30-turda Massimiliano Allegri shogirdlari «Kalyari» mehmoni bo‘lishiadi, «Empoli» «Napoli»ni qabul qiladi. Bu o‘yinlar mos ravishda 2-3 aprel kunlariga belgilangan.

Italiya A Seriyasi
29-tur
Yuventus – Empoli 1:0
(0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 72 Kin.
Yuventus – Shchensny, Joau Kanselu, Rugani, Kellini, Aleks Sandro (Spinatssola, 61), Bernardeski (Kaseres, 84), Bentankur, Jan, Pyanich, Matyuidi (Kin, 69), Mandjukich.
Empoli – Drongovski, Veseli, Mayyetta (Paskual, 80), Dell`Orko, Di Lorenso, Traore, Bennaser, Krunich (Akkua, 80), Payach (Uchan, 79), Farias, Kaputo.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid