Rim papasi Fransisk va Marokaş qiroli Muhammad VI Quddusning maqomini "uç dinning umumiy merosi" bölgan şahar sifatida saqlab qoliş çaqiriği bilan çiqişdi. Ular Rim katolik rahbarining Marokaşga taşrifi çoğida ana şu mazmundagi çaqiriqni imzolaşdi.
"Quddusning insoniyat umumiy merosi şahri maqomini, ayniqsa, uç din uçun ahamiyatli bölgan uçraşuv joyi va tinçlikda yaşaş ramzi sifatida saqlab qolişga çaqiramiz", - deyiladi hujjatda.
Fransiskning Marokaşga taşrifi asosiy mavzusi ekstremizm va zöravonlikning oldini oliş maqsadidagi dinlararo muloqot hisoblanadi.
Rim papasining Marokaşga safari 31 martga qadar davom etadi.

















