Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron tashrifi arafasida Korsikada portlashlar sodir bo‘ldi
1 aprel kuni Fransiyaning Korsika orolidagi davlat g‘aznachiligi bo‘limi oldida portlovchi qurilma topildi. Bu haqda 20minutes nashri yozmoqda.
Bomba portlamay qolgan, voqea joyiga sapyorlar yetib kelgan.
Nashrning qayd etishicha, hodisa orolga Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tashrifiga uch kun qolganida yuz bergan. O‘tgan dam olish kunlari Korsikada ikkita portlash sodir bo‘lgandi. Natijada ikkita villa qisman vayron bo‘lgan. Xabar qilinishicha, portlashni amalga oshirish uchun gaz ballonlari va portlovchi moddalar aralashmasidan foydalanilgan.
Ushbu voqeani Makronning Korsikaga tashrifi e'lon qilingan 10 mart kungi portlashlar bilan bog‘lashmoqda. O‘shanda beshta uy va bir avtomashinaga zarar yetgandi. Nashr mazkur hujumlarni Korsikani ozod qilish milliy fronti a'zolari amalga oshirganini gumon qilmoqda.
Makron orolga 4 aprel kuni tashrif buyurishi lozim.