Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 1 apreldan 74ta madaniyat markazi faoliyati tugatiladi (ro‘yxat)
Vazirlar Mahkamasining “Madaniyat markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018 yil 28 noyabrdagi PQ-4038-son qarorida madaniyat markazlari faoliyatini, jumladan, madaniyat markazlarini yangi qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash ishlarini tashkil etish belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 noyabrdagi PQ-4038-son qarori bilan tasdiqlangan 2019-2020 yillarda madaniyat markazlari faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi hamda 2019-2022 yillarda yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, mukammal ta'mirlanadigan va jihozlanadigan madaniyat markazlarining manzilli ro‘yxati parametrlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan ishchi guruhni shakllantiradi va qat'iy nazoratni ta'minlaydi.
Belgilab qo‘yilishicha:
manzilli ro‘yxatga kiritilgan tuman (shahar) madaniyat markazlarini yangidan qurish ishlari madaniyat va aholi dam olish markazlari uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy loyihalarga asosan amalga oshiriladi;
2023 yilda va undan keyingi yillarda manzilli ro‘yxatga kiritilmagan tuman (shahar) madaniyat markazlarida qurilish-ta'mirlash va jihozlash ishlari bo‘yicha baholash tartibiga asosan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritiladi;
madaniyat markazlarini jihozlash ishlari, ularda tashkil etilgan to‘garaklar, ijodiy jamoalar va tegishli mutaxassislar bilan ta'minlanganlik darajasidan kelib chiqib, manzilli ro‘yxatda belgilangan mablag‘lar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining talabnomasiga asosan pudratchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi har yili 1 iyulga qadar kelgusi yil uchun yangidan qurilishi va rekonstruksiya qilinishi belgilangan madaniyat markazlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqib, ularning belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta'minlaydi.
Quyidagilar Dasturni amalga oshirishning moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:
a) madaniyat markazlari binolarini:
yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari bo‘yicha - O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar;
mukammal ta'mirlash ishlari bo‘yicha - O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan maqsadli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining markazlashgan xarajatlar smetasida nazarda tutiladigan mablag‘lar;
b) mukammal ta'mirlanadigan madaniyat markazlarini jihozlash ishlari bo‘yicha - O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
v) xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va grantlari;
g) jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
d) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjat bilan samarasiz faoliyat yuritayotganligi sababli 2019 yil 1 apreldan e'tiboran faoliyati tugatiladigan madaniyat markazlarining ro‘yxati tasdiqlandi.
Samarasiz faoliyat yuritayotganligi sababli 2019 yil 1 apreldan e'tiboran faoliyati tugatiladigan madaniyat markazlarining ro‘yxati
|
T/r |
Madaniyat markazi nomi |
Tuman (shahar) nomi |
Madaniyat markazi joylashgan bino |
|
Andijon viloyati |
|||
|
1. |
“Kengash” madaniyat markazi |
Andijon shahri |
O‘z binosiga ega emas (7-son maktab binosida faoliyat olib boradi) |
|
2. |
“Bog‘ishamol” madaniyat markazi |
Andijon shahri |
O‘z binosiga ega emas (“Bog‘ishamol ” MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
3. |
“Gulobod” madaniyat markazi |
Andijon tuman |
O‘z binosiga ega emas (“Nayman ” MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
4. |
“Asaka” (shahar) madaniyat markazi |
Asaka tumani |
O‘z binosiga ega emas (I.Buxoriy ko‘chasida joylashgan maktab binosida faoliyat olib boradi) |
|
5. |
“Qoratepa” madaniyat markazi |
Asaka tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Qoratepa ” MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
6. |
“Qo‘rg‘oncha” madaniyat markazi |
Baliqchi tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Qo‘rg‘oncha" MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
7. |
“Buloqboshi” madaniyat markazi |
Buloqboshi tumani |
O‘z binosiga ega emas (M.Ismoiliy MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
8. |
M.Jalolov nomidagi madaniyat markazi |
Bo‘z tumani |
O‘z binosiga ega emas (19-son maktab binosida faoliyat olib boradi) |
|
9. |
“Yangiyo‘l” madaniyat markazi |
Shahrixon tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Yangiyo‘l " MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
10. |
“Nargiz” madaniyat markazi |
Xo‘jaobod tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Xo‘jaobod ” MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
11. |
“Iftixor” madaniyat markazi |
Qo‘rg‘ontepa tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Iftixor " MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
12. |
“Nazarmaxram” madaniyat markazi |
Shahrixon tumani |
O‘z binosiga ega emas (Nazarmaxram ko‘chasi, 6-uyda joylashgan MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
Namangan viloyati |
|||
|
13. |
“Shodlik” madaniyat markazi |
Namangan shahri |
O‘z binosiga ega emas (“Shodlik" MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
14. |
“Yortepa” madaniyat markazi |
To‘raqo‘rg‘on tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Yortepa" MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
15. |
“Axcha” madaniyat markazi |
Chust tumani |
O‘z binosiga ega emas ("Axcha" MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
16. |
“Rovut” madaniyat markazi |
Yangiqo‘rg‘on tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Rovut” MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
17. |
“Birlashgan" madaniyat markazi |
Yangiqo‘rg‘on tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Birlashgan " MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
Samarqand viloyati |
|||
|
18. |
3-son “So‘g‘diyona” madaniyat markazi |
Samarqand shahri |
O‘z binosiga ega emas (“So‘gdiyona " MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
19. |
4-son “Amir Temur” madaniyat markazi |
Samarqand shahri |
O‘z binosiga ega emas (3-son maktab binosida faoliyat olib boradi) |
|
20. |
2-son “Toshkent” madaniyat markazi |
Kattaqo‘rg‘on shahri |
O‘z binosiga ega emas (25-son maktab binosida faoliyat olib boradi) |
|
21. |
4-son “Eski Jomboy” madaniyat markazi |
Jomboy tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Eski Jomboy” MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
22. |
6-son “Haqiqat” madaniyat markazi |
Ishtixon tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Haqiqat " MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
23. |
2-son “Payshanba” madaniyat markazi |
Kattaqo‘rg‘on tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Payshanba " MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
24. |
6-son “Kattaming” madaniyat markazi |
Kattaqo‘rg‘on tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Katta-ming " MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
25. |
3-son “Islom shoir” madaniyat markazi |
Narpay tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Narpay” MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
26. |
5-son “Xo‘jakarzon” madaniyat markazi |
Narpay tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Xo‘jakarzon " MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
27. |
3-son “Nurbuloq” madaniyat markazi |
Nurobod tumani |
O‘ z binosiga ega emas (“Nurbuloq" MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
28. |
6-son “Ko‘ktepa” madaniyat markazi |
Payariq tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Ko‘ktepa " MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
29. |
3-son “Suluv” madaniyat markazi |
Paxtachi tumani |
O‘z binosiga ega emas (1-son maktab binosida faoliyat olib boradi) |
|
30. |
4-son “Vodoy” madaniyat markazi |
Paxtachi tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Vodoy " MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
31. |
5-son “Olmazor” madaniyat markazi |
Tayloq tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Yalangoya " MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
32. |
2-son “Qingar” madaniyat markazi |
Urgut tumani |
O‘z binosiga ega emas (18-son maktab binosida faoliyat olib boradi) |
|
33. |
6-son “Mo‘minobod” madaniyat markazi |
Urgut tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Mo‘minobod " MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
34. |
8-son “Qoratepa” madaniyat markazi |
Urgut tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Qoratepa " MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
Surxondaryo viloyati |
|||
|
35. |
“Tallimaron” madaniyat markazi |
Angor tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Qoratepa” QFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
36. |
“Zartepa” madaniyat markazi |
Angor tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Zartepa" MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
37. |
“Tortuvli” madaniyat markazi |
Denov tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Tortuvli" MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
38. |
T.Shobirov madaniyat markazi |
Jarqo‘rg‘on tumani |
O‘z binosiga ega emas (12-son maktab binosida faoliyat olib boradi) |
|
39. |
“Surxon” madaniyat markazi |
Jarqo‘rg‘on tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Surxon" MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
40. |
“Yoshg‘ayrat” madaniyat markazi |
Sho‘rchi tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Yoshg‘ayrat " MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
41. |
“Paxtakor 2” madaniyat markazi |
Qiziriq tumani |
O‘z binosiga ega emas (tumandagi 13-son maktab binosida faoliyat olib boradi) |
|
42. |
“Qiziriq” madaniyat markazi |
Qiziriq tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Qiziriq” MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
Toshkent viloyati |
|||
|
43. |
“Oqqovoq” madaniyat markazi |
Qibray tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Oqqovok, ” MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
44. |
“Achamayli” madaniyat markazi |
Bo‘ka tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Achamayli ” MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
45. |
“Chig‘atoy” madaniyat markazi |
Bo‘ka tumani |
O‘z binosiga ega emas (binosi avariya holatida bo‘lganligi sababli 2018 yilda belgilangan tartibda buzilgan) |
|
46. |
“Xo‘jaqo‘rg‘on” madaniyat markazi |
Bo‘ka tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Xo‘jaqo‘rgon " MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
47. |
“Qumovul” madaniyat markazi |
O‘rta Chirchiq tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Ko‘ktepa” QFY ma'naviyat va ma'rifat markazi binosida faoliyat olib boradi) |
|
48. |
“Zarkent” madaniyat markazi |
Parkent tumani |
O‘z binosiga ega emas (24-son maktab binosida faoliyat olib boradi) |
|
49. |
“Saryuz” madaniyat markazi |
Bekobod tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Saryuz” MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
50. |
“Madaniyat” madaniyat markazi |
Bekobod tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Madaniyat ” MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
51. |
“Turkiston” madaniyat markazi |
Zangiota tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Ittifoq ” MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
Farg‘ona viloyati |
|||
|
52. |
“Sholdrama” madaniyat markazi |
Marg‘ilon shahri |
O‘z binosiga ega emas (17-son maktab binosida faoliyat olib boradi) |
|
53. |
“So‘fon” madaniyat markazi |
Quvasoy shahri |
O‘z binosiga ega emas (“So‘fon" MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
54. |
“Qashqar” madaniyat markazi |
Beshariq tumani |
O‘z binosiga ega emas (”Qashhar" MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
55. |
“Yangi qishloq” madaniyat markazi |
Beshariq tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Yangi Qishloq ” QFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
56. |
“Fayziobod” madaniyat markazi |
Oltiariq tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Fayziobod " QFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
57. |
“Obishir” madaniyat markazi |
So‘x tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Obishir " MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
58. |
“Sultonobod” madaniyat markazi |
Quva tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Ittifoq” QFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
59. |
“Yambarak” madaniyat markazi |
Farg‘ona tumani |
O‘z binosiga ega emas (‘Yambarak" QFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
Qashqadaryo viloyati |
|||
|
60. |
“Batosh” madaniyat markazi |
G‘uzor tumani |
O‘z binosiga ega emas (“G‘uzor ” QFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
61. |
“Gulshan” madaniyat markazi |
G‘uzor tumani |
O‘z binosiga ega emas ("Jarariq” QFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
62. |
“Po‘lati” madaniyat markazi |
Koson tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Po‘lati" QFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
63. |
“Qoratepa” madaniyat markazi |
Qamashi tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Qoratepa " MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
64. |
“Qorabog‘” madaniyat markazi |
Qamashi tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Qorabog " MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
65. |
“Qamay” madaniyat markazi |
Qamashi tumani |
O‘z binosiga ega emas ("Qamay ” QFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
66. |
“Chim” madaniyat markazi |
Qamashi tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Ko‘ktepa ” MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
67. |
“Dam” madaniyat markazi |
Chiroqchi tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Dam " MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
68. |
“Chiyali” madaniyat markazi |
Chiroqchi tumani |
O‘z binosiga ega emas (“ Chiyali ’’ QFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
69. |
“Qatorbog‘” madaniyat markazi |
Kitob tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Qatorbog‘" MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
70. |
“Bektemir” madaniyat markazi |
Kitob tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Bektemir ” MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
71. |
“Qaynarbuloq” madaniyat markazi |
Kitob tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Yo‘ldosh shaharcha " MFY binosida faoliyat olib boradi) |
|
72. |
“Palandara” madaniyat markazi |
Kitob tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Palandara” QFY binosida faoliyat olib boroda) |
|
73. |
“Qovchin” madaniyat markazi |
Qarshi tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Qovchin” QFY binosida faoliyat olib boradi.) |
|
74. |
“Ma'rifat gulshani” madaniyat markazi |
Yakkabog‘ tumani |
O‘z binosiga ega emas (“Qatag‘on ” QFY binosida faoliyat olib boradi) |
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026