Ozarboyjon poytaxti Boku şahrida boks böyiça xalqaro musobaqaning yarim final bellaşuvlari yakunlandi. Dunyoning 10dan ortiq mamlakatidan kelgan çarm qölqop ustalari iştirokida keçayotgan musobaqada Özbekiston vakillaridan 5 nafari finalga çiqdi.

Özbekiston jamoasi yetakçisi Hasanboy Dösmatov jarohat tufayli yarim final jangida iştirok etmadi va finalga çiqa olmadi. Osiyo çempioni va Osiyo öyinlari ğolibi Jasurbek Latipov esa yarim finalda qozoğistonlik Şalkar Ayxinbayga yutqazdi.

Yarim final bahslari natijasi:

-49 kg: Jasurbek Latipov – Şalkar Ayxinbay (Qozoğiston)
-49 kg: Nodirjon Mirzaahmedov – Yermek Madiyev (Qozoğiston)
-52 kg: Hasanboy Dösmatov – Oljas Bayniyazov (Qozoğiston)
-60 kg: Şukurjon Rahimov – Javid Çalabiyev (Ozarbayjon)
-69 kg: Iqboljon Xoldorov – Tamerlan Magomedov (Rossiya)
-81 kg: Xurşid Abdullayev – Rauf Rahimov (Ozarbayjon)
-91 kg: Madiyar Saydrahimov – Yunus Balla (Marokaş)
+91 kg: Obidjon Toxirov – Şigabudin Aliyev (Rossiya)

Yarim finalda imkoniyatni boy bergan özbekistonlik boksçilar bronza medaliga ega bölişadi.