Qayd etilishicha, voqea Tszyaotszo shahar okrugida yuz bergan. Bog‘cha tarbiyalanuvchilari ko‘ngil aynish va hushdan ketish sabablari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Bu belgilar ular ovqat iste'mol qilishganidan so‘ng paydo bo‘lgan. Jami 23 nafar bola zaharlangan.
Ma'lum bo‘lishicha, tarbiyachi ularning ovqatiga azot kislotasi tuzini qo‘shgan. Politsiya uni hibsga olgan.











