Xitoyning Yuychen uyezdida bozor va bolalar attraksionlariga quyun yopirilishi ayanchli oqibatlarga olib keldi. Bu haqda “Jenmin Jibao” xabar berdi.

Quyun bolalar sakraydigan ikkita batutani katta balandlikka havoga ko‘tarib yuborgan. Oqibatda 2 bola halok bo‘lgan, yana 16 bola va 2 katta yoshli kishi turli og‘irlikdagi jarohatlar olgan.