Xitoydagi ikki döst hikoyasi "Yaxşi döst boşingga kulfat tuşganda bilinadi", degan maqolga hayotiy misoldir.
Xitoyda yaşovçi nogironligi bölgan bola özining eng yaqin dösti va sinfdoşi tufayli olti yil davomida maktabdagi öquv maşğulotlarida iştirok etiş imkoniga ega bölmoqda. 12 yoşli Syuy Binyan quyoşli kunda ham, yomğirli kunda ham dösti Çjan Tszeni maktabga kötarib keladi. Syuy, şuningdek, döstiga sinflar örtasida harakatlanişga va tuşlik qilişga ham kömaklaşadi.
Xinhua agentligi Xitoyning janubi-ğarbidagi Sichuan provinsiyasi Meyşan şahridagi ikki öquvçi örtasidagi ajoyib döstlik hikoyasi bilan bölişdi.
Çjanga nisbatan böydor va kuçliroq Syuy OAV vakillari bilan suhbatda döstiga suyançiq böliş uning öziga yoqişini aytgan. Syuyning aytişiça, Çjanni kötariş u qadar qiyin emas.
"Mening vaznim 40 kilogrammdan ortiqroq, Çjanning vazni esa bor-yöği 25 kilogramm, şuning uçun uni bemalol kötariş mumkin", - deydi Syuy.

Çjan esa, öz navbatida, döstining bunday yordamini munosib ravişda qaytara olmasligidan xijolat.
"Syuy Binyan mening eng yaxşi döstim. U har kuni men bilan birga öqiydi, suhbatlaşadi va öynaydi. Doim menga ğamxörlik qilayotgani uçun undan juda minnatdorman", - deydi Çjan.
Bugunga kelib Syuy va Çjan - oltinçi sinf öquvçilari. Çjan 4 yoşligida unda kamdan-kam uçrovçi muşaklar kasalligini aniqlaşgan. Bedavo kasallik tufayli Çjan oyoqlari muşaklarini nazorat qila olmay qolgan. Şu bois u mustaqil ravişda harakatlana olmaydi.
Dösti Syuy unga öz yordamini taklif qilganidan keyin u boşqa bolalar singari maktabga qatnaş imkoniga ega böldi.
Mahalliy naşrlar bilan bölgan suhbatda Syuy muhtojlarga yordam berişni öz burçi deb bilişini aytgan.
"Men döstimdan jismonan kattaroqman. Unga men yordam bermasam, heç kim yordam bermas edi", - deydi u.
Şunday bölsa-da, birgalikda harakatlaniş ular uçun har doim ham oson keçmaydi. Masalan, bolalarning bir sinf xonasidan 70 metr narida joylaşgan hojatxonagaça borişi uçun odatda uç daqiqa ketadi.

















