16-27 aprel kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston milliy va ayollar terma jamoalari ham ishtirok etadi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati O‘zbekiston terma jamoasining ushbu turnirda ishtirok etadigan tarkibini ma'lum qildi.
Osiyo chempionati sovrindorlari 7-21 sentabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Jahon chempionatida esa olimpiada yo‘llanmalari o‘ynaladi.
«Ta'kidlash joiz, Osiyo chempionatida bokschilar medallar bilan birga joriy yilning sentabr-oktabr oylarida Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga beriladigan yo‘llanmalar uchun ham kurash olib borishadi. Jahon chempionati esa, o‘z navbatida Olimpiya o‘yinlari litsenziyalari o‘ynaladigan musobaqa hisoblanadi. Shu bois, mamlakat federatsiyasi mutasaddilari va terma jamoa murabbiylari Bangkokka jo‘nab ketadigan tarkibni shakllantirishda barcha vazn toifalari bo‘yicha 1-raqamli sportchilarni, ya'ni Olimpiada yo‘llanmalarini qo‘lga kiritish uchun asosiy da'vogar charm qo‘lqop ustalarini saralab olishga e'tibor qaratishdi», deyiladi xabarda.
Qayd etish kerakki, O‘zbekiston terma jamoasi yangilangan tarkib bilan xalqaro musobaqaga yo‘l olmoqda. Murabbiylar terma jamoaning doimiy a'zolari Iqboljon Xoldorov (-69 kg), Bektemir Meliqo‘ziyev (-81 kg) va Jasurbek Latipov (-52 kg) kabi sportchilar o‘rniga Shukurjon Rahimov va Dilshodbek Ro‘zmatov kabi yangi nomlarni tarkibga jalb etishgan.
Erkaklar:
– 49 kg: Nodirjon Mirzahmedov
– 52 kg: Hasanboy Do‘smatov (1993)
– 56 kg: Miraziz Mirzaxalilov (1995)
– 60 kg: Shukurjon Rahimov (1995)
– 64 kg: Shunqor Abdurasulov (1998)
– 69 kg: Bobo-Usmon Baturov (1994)
– 75 kg: Isroil Madrimov (1995)
– 81 kg: Dilshodbek Ro‘zmatov
– 91 kg Sanjar Tursunov (1998)
+91 kg: Bahodir Jalolov (1994)
Ayollar:
– 48 kg: Fotima Tursunboyeva

















