08:48 / 03.04.2019
16316

Dunyoning eng yaxshi aviakompaniyalari ma'lum qilindi

Foto: The Straits Times

Singapurning Singapore Airlines aviakompaniyasi TripAdvisor agregatori tomonidan foydalanuvchilar bahosi asosida joriy yil uchun tuzilgan dunyoning eng yaxshi aviakompaniyalari reytingiga yetakchilik qilmoqda.

Reytingning 2- va 3-o‘rinlarini Qatarning Qatar Airways va Tayvanning EVA Air aviakompaniyalari egallagan. Shuningdek, yetakchi beshtalikdan Emirates aviakompaniyasi va Yaponiyaning Japan Airlines aviakompaniyalari joy olgan. 

Qatar Airways
EVA Air

Shuningdek, yetakchi o‘ntalikka AQShning Southwest Airlines, Braziliyaning Azul, Yangi Zelandiyaning Air New Zealand, Britaniya loukosteri Jet2.com va Yaponiyaning All Nippon Airways (ANA) kompaniyalari kiritilgan.

Bundan tashqari, yo‘lovchilar Emirates’ni birinchi sinfdagi eng yaxshi salon, Qatar Airways’ni biznes sinfdagi eng yaxshi salon, Air New Zealand va Singapore Airlines’ni mos ravishda premium-ekonom va ekonom sinflardagi eng yaxshi salonlar uchun qayd qilib o‘tishgan.

Mavzuga oid
Top