Mazkur aksiya taşkilotçilariga köra, 2019 yil 3 aprel kuni ötkazilişi reja qilingan aksiya boşlaniş arafasida www.e-hilolnashr.uz serveri bilan boğliq muammo yuzaga kelgan. Uşbu muammo tufayli veb-sahifa va dastur işlamay qolgan. Şu sababli aksiyada qatnaşmoqçi bölgan foydalanuvçilar dasturni yuklagaç röyxatdan öta olmay qolişgan. «Hilol Nashr» jamoasi buning uçun barça foydalanuvçilardan uzr söragan holda, aksiya muddatini uzaytirdi.

Hozirda server bilan yuzaga kelgan muammo töliq bartaraf etilgan. Şu munosabat bilan bugun, 4 aprel sanasida soat 20.00 gaça aksiya davom etadi va Hilol eBook dasturidan röyxatdan ötganlar uçun quyidagi 60 ta elektron kitob bepul taqdim qilinadi:
– «Hadis va Hayot töplami» (34 ta juzi);
– «Zikr ahlidan sörang» 1-2-3-4-5-6-7-juzlar;
– «Xislatli hikmatlar şarhi» 1-2-3-4-5-juzlar;
– «Kifoya» 1-2-3-juzlar;
– «Ruhiy tarbiya» 1-2-3-juzlar;
– «Islom tarixi» 1-2-juzlar;
– «Baxtiyor oila»;
– «Mukammal saodat yöli»;
– «Ijtimoiy odoblar»;
– «Sunniy aqiydalar»;
– «Qur'on ilmlari»;
– «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam».
Şoşiling, Hilol eBook dasturida röyxatdan öting va yuqoridagi kitoblarning elektron naşriga ega böling! Taqdim etilgan kitoblarni dasturning «Xaridlarim» bölimidan istalgan vaqtda yuklab olişingiz mumkin böladi.
«Hilol eBook» qanday dastur?
«Hilol eBook» elektron va audio kitoblar dasturi bölib, uşbu dastur orqali şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining barça kitoblarini yuklab olib, öqiş mumkin. Şuningdek, dasturdan Tohir Malik, Ahmad Muhammad Tursun, Ziyovuddin Rahim va Hasanxon va Husaynxon Yahyo Abdulmajid kabi mualliflarning ham elektron va audio kitoblari örin olgan.















