27 mart kuni «Hilol-naşr» naşriyotida marhum şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari asos solgan islom.uz portali mobil ilovalarining taqdimoti bölib ötdi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, tadbirda portalning «Islom.uz», «Hilol e-book», «Oltin silsila», «Qur'oni Karim», «Tafsiri Hilol», «Zikr ahlidan sörang», «Abdurahmon Qur'on», «Abdulmalik Qur'on», «Qur'on tartili», «Namoz», «Zikr va duolar», «Javohir (arabça-özbekça luğat)» kabi ilovalari taqdim qilindi.

Dasturçilar va ilovalarni yaratişda mehnat qilganlar «Hilol naşr» naşriyoti va islom.uz portali rahbari Ismoil Muhammad Sodiq tomonidan taqdirlandi.

Tadbirda şuningdek, «Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» jome masjidi imom noibi Hasanxon Yahyo Abdulmajid sözga çiqib, ilm uçun qöldan kelgança yordam berişga hamda ilm örganayotgan va örgatayotgan insonlarni imkon bölsa moddiy tomonlama qöllab turişga, ilm rivoji uçun Alloh yölida doimo kamarbasta bölib xizmat qilişga, yaxşilik yölida hamkor bölişga çaqirdi.

Ma'lum qilinişiça, saytda yangi minbar.islom.uz deb nomlanuvçi bölim işga tuşmoqda. Unda yurtimiz ulamolarini bir maydonda birlaştirib, ustozlar, domlalar, imomlar va ilm ahllarining sof Islom ta'limotlariga asoslangan ilmiy-ma'rifiy maqolalari, audio hamda videoroliklari özbekzabon dindoşlarga taqdim etib borilişi rejalaştirilgan.