Naşriyot mas'ullarining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, 20 ming nusxada çop etilgan Muşafning muqovasi va sahifalari uçun bu safar qizil rang asos qilib olingan.

Muşafi şarif 37 ming söm narxda sotuvga çiqarilgan bölib, kitobxonlarning talab va istaklarini e'tiborga olgan holda naşriyotning Özbekiston böylab barça dökonlarida sotilmoqda.

Uşbu muşafi şarif tobe'in Hafs ibn Sulaymon ibn Muğiyra al-Asadiy al-Köfiy Osim ibn Abun-Najud al-Köfiydan rivoyat qilgan, u Abu Abdurrahmon Abdulloh ibn Habib Sulamiydan, u esa Usmon ibn Affon, Aliy ibn Abu Tolib, Zayd ibn Sobit va Ubay ibn Ka'b roziyallohu anhumdan, ular esa Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan naql qilgan qiroatga muvofiq tarzda yozilgan va belgilari qöyilgan.

2020 yilning 2 dekabr kuni ham «Hilol naşr» naşriyoti Dorus Salom nusxasi asosida Muşafi şarifning 20 ming adaddagi naşrini çop etgan edi. Şuningdek, endilikda har 3 oyda yangi muşaflar çop qilib, taqdim etilişi rejalaştirilayotgani ma'lum qilingan.

Keça sotuvga çiqarilganlarini ham qöşib hisoblaganda, mustaqillik yillarida uşbu naşriyot tomonidan Özbekistonda çop etilgan muşaflar soni jami 175 mingtaga yetdi.