Joriy yilning 26 mart kuni Boş vazir tomonidan Toşkent şahrida amalga oşirilayotgan işlar tanqidiy muhokama qilindi. Davlat budjetiga tuşumlar masalasida qoloqlikka yöl qöyilganligi uçun Mirobod, Uçtepa tumanlari hokimlari va davlat soliq inspeksiyalari boşliqlari qattiq ogohlantirildi.
Şundan söng, ötgan hafta davomida ijtimoiy tarmoqda Toşkent şahridagi «Örikzor» bozori hududida soliq inspektorlari xaridorlarni töxtatib çek sörayotgani, çek bölmagan holda bozor hududidan çiqarmasdan uşlab turgani haqidagi video tarqaldi.
Keyinroq Soliq qömitasi vakili, qömitadagi boşqarma boşliği Törabek Törayev matbuot anjumani çoğida bu vaziyatda «soliq inspektorlari» nohaq bölmaganini ma'lum qildi. Köp ötmasdan Davlat soliq qömitasi matbuot xizmati xabarida uşbu videodagi tadbirkorlar faoliyatini tekşirgan şaxs qömita xodimi emasligi, Uçtepa tumani hokimligi vakili ekanini ma'lum qilindi.
Voqea yuzasidan qöşimça tafsilotlarni örganiş va ikki tomondan ham izoh oliş maqsadida yölga tuşdik.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
«Örikzor» bozori hududida videoning asosiy qahramoni bölgan tadbirkorni topiş qiyin bölmadi. U heç ikkilanmay intervyu berişga rozi böldi.
«2019 yil 27 mart kuni soat taxminan 11:00 atrofida mijozlar taşqaridan çek sörayapti deyişdi. Borib çekni söraş kimning qarori bilan bölayotganiga qiziqdim. Bu qanaqa tekşiruvligi haqida 10 martaça savol berdim. Şu savolga javob berişmadi. Özlarini ham taniştirmadi. Kimligini söraşim bu mening huquqim. Kimligini bilişim kerak-ku? Biror idoraning xodimimi yoki köçadagi bezorimi? Bunga oydinlik kiritiş uçun undan söradim. Kimning qarori böyiça? Familiyang nima deb söraş kerak-ku bunday vaqtda. U esa mendan hujjat söradi. Yiğilganlarning barçasi tadbirkorlar edi. Ularni men yiğmaganman. Xohlasangiz bozor ma'muriyatining videoyozuvlarini körişingiz mumkin. U yerdagi odamlar özlari yiğilişdi. Men u kişiga savol berdim. Men unga özimni taniştirdim, hujjatlarimni körsatdim. U özini taniştirmadi ham, hujjatini ham körsatmadi. Eşiklarning oldida turib mijozlardan sörasa, ertaga ular faoliyatimni noqonuniy deb öylab mendan mahsulot olmay qöyadi. Undan köra, kirib özimdan sörasin. Hujjatlarim hammasi töliq, 5 yildan beri faoliyatimni yurgizyapman. Bir oyda 15 marta davlat soliq idorasidan keladi. Hujjatlarimizni körsatamiz. Kamçilik bölsa, darrov jarima belgilaydi. Bunaqa sörayversa, nafaqat menga butun bozorga kelmay qöyadi-ku? Soliqlar, ijara puli, kommunal tölovlarni tölaşim kerak. Bola-çaqam bor, ularni boqişim kerak. Undan taşqari, soliq qömitasi kunlik inkassatsiya qilasan degan. Bu rasman aytilmagan. Undan taşqari, mijoz kelsa özimga ham davlatga ham foyda-ku? Pul tuşumlaridan soliq tölayman», deydi tadbirkor.




















