NATO Kerç böğozidan Ukraina kemalarining xavfsiz ötişini ta'minlaş uçun çoralar köriş niyatida. Bu haqda AQŞning harbiy ittifoqdagi doimiy vakili Key Beyli Xatçison brifing davomida ma'lum qildi, deya xabar beradi TASS.
Qayd etilişiça, taşkilot Qora dengiz hududidagi havo razvedkasi kölamini kengaytirişni ham rejalaştirmoqda.
Xatçisonning sözlariga köra, NATO taşqi siyosat idoralari rahbarlari 2 aprel, çorşanba kuni boşlanadigan ikki kunlik yiğiliş davomida çora-tadbirlar töplamini tasdiqlaşi kerak. Doimiy vakilning aniqlik kiritişiça, ular razvedkani mustahkamlaş, şuningdek, NATO tomonidan Qora dengizga yönaltiriluvçi kemalar sonini oşirişga qaratilgan.
Bundan oldin, OAV NATO Gorbaçyovni qanday «aldagani» haqida ma'lumot bergandi.

















