Jinoyat işlari böyiça Quyi Çirçiq tuman sudi binosida sudlanuvçilar Ahmadjon Tursunboyev va boşqalarga (sudlanuvçilarning umumiy soni – 16) nisbatan jinoyat işining tergov bilan yakunlangan qismini körib çiqiş böyiça oçiq sud bölib ötmoqda.
Özbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati xabariga köra, mazkur jinoiy iş jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyat sudi sudyasi X. Şermuxamedov raisligida körib çiqilmoqda.
Sudlanuvçilar A. Tursunboyev va boşqalar Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik köriş va jinoyat sodir etişga suiqasd qiliş) orqali 168-moddasi (firibgarlik), 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.
Hozirgi kunda sud tergovi ötkazilmoqda. Bugunga kelib 11 500 dan ziyod jabrlanuvçilarning 7 000 dan ortiği söroq qilindi, 20 nafar guvohlarning körsatmalari tinglandi. Sud jarayoni davom etmoqda.
Ma'lumot uçun: 2018 yil 21 fevralda jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyat sudida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 188-moddasi (noqonuniy tadbirkorlik faoliyati), 189-moddasi (savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş), 190-moddasi (faoliyat bilan litsenziyasiz şuğullaniş), 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik köriş va jinoyat sodir etişga suiqasd qiliş) orqali 211-moddasi (pora beriş) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş) da közda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda ayblangan Ahmadjon Tursunboyev, Olmos Qöçqorov, Izzatila Ibrohimov, Murodjon Tursunboyev, Oybek Tursunboyev, Azizjon Turdiyev va Raşid Ismoilovlarga nisbatan sud hukmi e'lon qilingan.
Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyat sudi 7 nafar sudlanuvçini Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalari böyiça aybdor deb topgan va Ahmadjon Tursunboyevga 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qilingan holda 13 yil ozodlikdan mahrum qiliş va eng kam oylik iş haqining 400 baravari miqdorida (52 096 000 söm) jarima jazosi, Olmos Qöçqorovga 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qilingan holda 11 yil ozodlikdan mahrum qiliş va eng kam oylik iş haqining 400 baravari miqdorida (52 096 000 söm) jarima jazosi, Izzatila Ibrohimovga 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qilingan holda 11 yil ozodlikdan mahrum qiliş va eng kam oylik iş haqining 350 baravari miqdorida (45 584 000 söm) jarima jazosi, Murodjon Tursunboyevga 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qilingan holda 11 yil ozodlikdan mahrum qiliş va eng kam oylik iş haqining 350 baravari miqdorida (45 584 000 söm) jarima jazosi, Oybek Tursunboyevga 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qilingan holda 7 yil ozodlikdan mahrum qiliş va eng kam oylik iş haqining 350 baravari miqdorida (45 584 000 söm) jarima jazosi, Azizjon Turdiyevga 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qilingan holda 7 yil ozodlikdan mahrum qiliş va eng kam oylik iş haqining 350 baravari miqdorida (45 584 000 söm) jarima jazosi va Raşid Ismoilovga 10 yil ozodlikdan mahrum qiliş va eng kam oylik iş haqining 400 baravari miqdorida (52 096 000 söm) jarima jazosi tayinlangan.












