10:09 / 04.04.2019
5884

Fransiya kubogi. «PSJ» yirik hisobdagi g‘alaba bilan finalga chiqdi

Foto: Getty Images

Fransiya kubogining amaldagi sohibi «PSJ» yarim finalda «Nant»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratib, qatorasiga beshinchi mavsumda turnir finalida qatnashadigan bo‘ldi.

Parijdagi bahsda Verrati, Mbappe va Dani Alvesning gollariga mehmonlar javob qaytara olishmadi. Endilikda «PSJ» finalda «Renn»ga qarshi maydonga chiqadi. Ushbu jamoa yarim finalda «Lion»ni safarda mag‘lub etgandi – 3:2. Turnir g‘olibi 27 aprel kuni Parijdagi «Stad de Frans» stadionida aniqlanadi.

Ma'lumot uchun, «PSJ» bunga qadar 16 marta Fransiya kubogi finalida o‘ynagan va ularning 12tasida g‘olib chiqqan. «Renn» esa 6 marta hal qiluvchi bahsda qatnashib (oxirgi marta 2014 yilda), 2 bor bosh sovrin egasiga aylangan (oxirgi marta 1971 yilda).

Fransiya kubogi, 1/2 final
3 aprel
PSJ – Nant 3:0 (1:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 29 Verratti, 2:0 – 85, penalti Mbappe, 3:0 – 90+2 Dani Alves.
PSJ – Areolya, Kimpembe, Tiago Silva, Markinos (Paredes, 45), Kurzava (Dani Alves, 77), Shupo-Moting (Draksler, 77), Verratti, Kerer, Diabi, Bernat, Mbappe.
Nant – Teterushanu, Diyego Karlos, Pallua, Lukas Lima, Ie, Evanjyelista (Uoris, 60), Ronjye, Andrey Jirotto, Ture (Mutussami, 89), Fabio (Limbombe, 86), Kulibali.
Ogohlantirishlar: Kulibali (54), Uoris (64), Fabio (65), Verratti (69), Diyego Karlos (84), Bernat (87).
Chetlatish: Kulibali (72).

2 aprel
Lion – Renn 2:3 (0:1, 2:2)

Gollar: 0:1 – 40 Nyang, 1:1 – 47 Traore, 1:2 – 55 Andre, 2:2 – 75, penalti Dembele, 2:3 – 81 Bensebayni.
Lion – Antoni Lopesh, Marselo, Marsal, Dyubua, Denayyer, Auar, Tuzar (Depay, 69), Traore (Korne, 87), Ndombele, Fekir, Dembele (Tere, 86).
Renn – Koubek, Nyamsi, Bensebayni, Zeffan, Mesher, Ben-Arfa, Burigo, Andre, Grene, Sarr, Nyang (Jyelen, 86).
Ogohlantirishlar: Mesher (53), Dyubua (66), Ben-Arfa (69), Grene (75).

Final
27 aprel. Parij, «Stad de Frans» stadioni
Renn – PSJ

Top