Jahon | 17:41 / 04.04.2019
10109
2 daqiqa o‘qiladi

Suriya Jo‘lan tepaliklari masalasi harbiy yo‘l bilan hal qilinishi mumkinligini istisno etmadi

Foto: REUTERS

Suriya Jo‘lan tepaliklari masalasi harbiy yo‘l bilan hal qilinishi mumkinligini istisno etmaydi, ammo hozirda terrorizmga qarshi kurashish ustuvor hisoblanadi, dedi Suriya tashqi ishlar vaziri Valid Muallem.

Avvalroq Suriya TIV matbuot xizmati suriyaliklar Jo‘lan tepaliklarini har qanday yo‘l bilan qaytarib olishga haqli ekanliklarini, bu hudud "arablar va suriyaliklarniki" bo‘lib qolishini bildirgandi.

"Biz har qanday yo‘l deganda harbiy yo‘lni ham nazarda tutdik. Harbiy yo‘lni istisno etmaymiz", - dedi Muallem.

Uning qayd etishicha, 1974 yildagi kuchlarni bo‘lish to‘g‘risidagi kelishuvga amal qilinmoqda, biroq Isroil uni muntazam buzib kelmoqda.

"Biz terrorchilarga qarshi kurashmoqdamiz, ular Isroil va AQSh bilan hamkorlik qilayotgani isbotlangan. Bugungi kunda Suriya hududini terrorizmdan tozalash ustuvor vazifamiz hisoblanadi", - ta'kidladi Muallem.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Jo‘lan tepaliklari ustidan Isroilning suverenitetini tan olish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzolagandi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid