AQŞ Xalqaro jinoyat sudi prokurori Fatu Bensudaga berilgan vizani bekor qildi. Bu haqda AFP agentligi xabar berdi.

Agentlikning bildirişiça, mazkur qaror prokuraturaning Afğonistondagi vaziyatni örganişi munosabati bilan qabul qilingan.  

Avvalroq AQŞ davlat kotibi Maykl Pompeo Qöşma Ştatlar Xalqaro jinoyat sudi xodimlariga viza berişda çeklovlar joriy etilişini ma'lum qilgandi. Bunga prokuraturaning 2017 yilda Afğonistondagi vaziyatni örganiş töğrisidagi qarori sabab bölgan. Prokurorning sözlariga köra, AQŞ harbiylari Afğonistonda, MRB xodimlari esa Polşa, Litva va Ruminiyadagi maxfiy qamoqxonalarda insoniyatga qarşi jinoyatlar sodir etişgan deyiş uçun asoslar bor.

Xalqaro jinoyat sudi BMT tizimiga kirmaydi, ammo taşkilot bilan izçil aloqaga ega, prokuror esa Xavfsizlik kengaşi a'zolari oldida muntazam çiqişlar qiladi.