Toşkent şahrining Şayxontohur tumani hokimi Şuhrat Sanjaroviç Muhammadxonov işdan olindi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan 1-çorak yakunlari böyiça videoselektor davomida Şuhrat Muhammadxonov, uning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari Şuxrat Zakirjanoviç Sadikov va soliq inspeksiyasi rahbari Faxriddin Abdunabiyev Umaroviç ham lavozimidan ozod etilgan.
Kun.uz muxbiri xabar berişiça, Şayxontohur tumani hokimi budjetga tuşumlar böyiça reja körsatkiçi bajarilişidagi jiddiy kamçiliklar uçun tanqidga uçragan.
Şuhrat Muhammadxonov 2018 yilning avgust oyida Bahodir Ğoyibnazarov örniga Şayxontohur tuman hokimi lavozimini egallagandi.

Bundan avvalroq, boş vazir Abdulla Aripov Toşkent şahar hokimligida yiğiliş ötkazgan, unda 1-çorak yakunida kutilayotgan natijalar hamda budjetga tuşumlar borasida Toşkent şahrida amalga oşirilayotgan işlar tanqidiy muhokama qilingani xabar qilingandi.











