Liviya milliy armiyasi qömondoni, marşal Xalifa Haftar BMT boş kotibi Antoniu Guterrişning poytaxtdagi hukumat rahbari Fayoz as Saraj bilan Jyenevada uçraşiş haqidagi taklifini rad etdi. Bu haqda Al Jazeera BMT Xavfsizlik kengaşidagi manbalarga tayangan holda xabar bermoqda.

Antoniu Guterriş va Xalifa Xaftar
Foto: REUTERS

Qayd etilişiça, Saraj Haftar bilan uçraşuvga rozi bölgan, ammo bunda «harbiy harakatlar va fitna holatlarini töxtatiş» şarti qöyilgan.

Biroq, marşal Tripolidagi vazirlar mahkamasi rahbari bilan uçraşiş hamda muzokaralar ötkazişdan boş tortdi.

Avvalroq, Liviya hukumati armiyasi Tripolidagi aeroport ustidan nazoratni qaytargani haqida xabarlar tarqaldi.

Bundan oldin, liviyalik marşal Tripoli yölidagi birinçi şaharni egallagandi. Poytaxtni örab oliş maqsadida Haftar qöşinlari janub va ğarbdan yaqinlaşib, Tripolidan 80 km janubdagi Garyan şahrini egallab olgan.

Şundan söng, marşal Xalifa Xaftar boşçiligidagi Liviya xalq armiyasi poytaxt Tripoli janubi-ğarbiy qismidagi bir neçta tumanlarni qölga kiritdi.