17:40 / 06.04.2019
22346

«Paxtakor» foydasiga penalti belgilangan vaziyatda to‘p qo‘lga tekkanmi? (foto+video)

5 aprel kuni Superliganing 3-turi doirasidagi «Paxtakor»-«Nasaf» (2:1) o‘yinini boshqargan Aziz Asimovning qarorlari qator e'tirozlarni keltirib chiqardi. Bugun «Championat.asia» nashri e'lon qilgan video esa e'tirozlar asossiz bo‘lmaganini tasdiqlaydi.

Darvoza ortidan turib tasvirga olingan kadrda ko‘rish mumkinki, 11-daqiqada «Nasaf» jarima maydoni ichida Jaloliddin Masharipov tomonidan uzatilgan to‘p mehmonlar himoyachisi G‘olib G‘aybullayevning qo‘liga emas, balki qorniga tekkan.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuvdan keyin O‘FA Hakamlar va nazoratchilar departamenti direktori Ma'mur Saidqosimov o‘yindagi bahsli vaziyatlarga izoh berib, departamentning tahliliy guruhi «Paxtakor»ning ikkala goli ham qoidalarga mos ravishda urilgan, degan dastlabki xulosaga kelganini ta'kidlagan edi.

O‘FA mutasaddilari tomonidan «Sport» telekanali tasvirlariga asosan chiqarilgan dastlabki xulosada, shuningdek, Azimov o‘yinda faqat bitta vaziyatda – 7-daqiqada «Nasaf» darvozasiga penalti belgilamaslik qarorida adashgani aytiladi.

 

Mavzu
Superliga
8 mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining yangi mavsumiga - Superliga-2019 turniriga start berildi
Barchasi
Top