Rossiya prezidenti Vladimir Putin 17 aprel kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uçraşadi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov jurnalistlarga ma'lum qildi.
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning Moskvaga rasmiy taşrifi 17 aprel kuni bölib ötadi, deya qayd etgan Uşakov. Uning qöşimça qilişiça, Kreml bugungi kunda ikki mamlakat prezidentining uçraşuviga tayyorgarlik körmoqda.
Bundan oldin, RFning Tojikistondagi elçisi Igor Lyakin-Frolov Rossiya va Tojikiston yaqin vaqt içida migratsiya sohasida yangi kelişuvni imzolaşi haqida ma'lum qilgandi.
Hujjatlar Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning 17 aprel kuni Moskvaga rasmiy taşrifi çoğida imzolanadi.
Igor Lyakin-Frolovning sözlariga köra, hujjatlardan biri - Rossiyadagi korxona va muassasalarda işlaş uçun migrantlarni uyuşgan holda jalb qiliş böyiça kelişuv. Rossiyalik diplomat tafsilotlarni oçiqlamagan. Uning sözlariga köra, ikkinçi hujjat Rossiya IIVning Tojikistondagi migratsiya xizmati vakolatxonasi hamda Tojikiston Mehnat, migratsiya va aholi bandligi vazirligining Rossiyadagi huquqiy maqomi bilan boğliq.












