G7 davlatlari taşqi işlar vazirlari Moskvani 2018 yil noyabrida Kerç böğozida çegaraçilar tomonidan qölga olingan ukrainalik dengizçilarni ozod qilişga çaqirişdi. Bu haqda "yettilik"ka a'zo davlatlar taşqi işlar vazirlarining Dinar şahrida bölib ötgan uçraşuvi yakuniy kommyunikesida aytiladi.
"Biz Rossiyaning Kerç böğozi va yondoş akvatoriyalarda Ukrainaga qarşi keskinlikni kuçaytirgan harakatlaridan qattiq taşvişdamiz. Biz Rossiyadan hibsga olingan ekipaj va kemalarni ozod qilişini hamda Kerç böğozi orqali kemalar ötişiga tösqinlik qilmasligini söraymiz", - deyiladi kommyunikeda.
"Yettilik" qatnaşçilarining fikriça, "iqtisodiy sanksiyalarning davomiyligi Rossiya tomonidan Minsk kelişuvi böyiça olingan barça majburiyatlarga rioya qilinişiga boğliq".
Eslatib ötamiz, avvalroq Kanada taşqi işlar vazirligi Kerç böğozida Ukraina kemalarining uşlanişi va Qrim sababli Rossiyaning 114 fuqarosi va 15 ta kompaniyasiga qarşi sanksiyalar kiritgandi.

















