OÇL guruh bosqiçining 3-turi doirasidagi «Paxtakor»-«As-Sadd» öyini oldidan matbuot anjumanining ikkinçi qismida mezbonlar boş murabbiy Şota Arveladze va hujumçi Marat Bikmayev iştirok etdi.

«Biz juda kuçli raqibga qarşi juda qiyin öyin kutyapti. Raqibning öz oldiga qanday ulkan maqsadlar qöygan klub ekanini bilamiz. Şunga qaramay, biz öz muxlislarimiz qarşisida öynaymiz. Ular uçun çiroyli futbol körsatib, natijaga erişişga harakat qilamiz. Ğalaba qozonsak, guruhdagi holatimizni ançagina yaxşilab, keyingi bosqiçga çiqiş imkoniyatimizni oşiramiz», – dedi Arveladze anjumanning kiriş qismida.

«Kayfiyatlar a'lo. Ertaga ham şunday yaxşi kayfiyatda bölişimiz kerak. Bahsning biz uçun muhim tomoni – guruhdagi örnimizni yaxşilay olişimiz mumkin. Buning uçun barça imkoniyatlarni işga solamiz», – ta'kidladi Marat Bikmayev.

– Ertaga juda kuçli tarkibga ega jamoaga qarşi maydonga çiqasiz. Raqibni örganib çiqib, qanday xulosalarga keldingiz?
– Albatta, tarkibida kimlar bor, qanday öynaşadi, bularni tahlil qilib çiqqanmiz. Bu kabi jahon yulduzlarini Toşkentda körib turganimizdan xursandmiz, ammo biz ham öz saviyamizni körsatiş, biz ham futbol öynay olişimizni namoyiş qiliş niyatidamiz. Jamoamizda iste'dodli va mahoratli futbolçilar köp, bunday mas'uliyatli öyinlar ular uçun birinçisi emas. Qolaversa, raqibimiz tört nafar yulduzdangina iborat jamoa emas.

– «As-Sadd» Qatar çempionatida 21ta öyinda 92ta gol urdi, hujumçi Bağdod Bunejah esa deyarli 40ta töp kiritgan...
– Bunga katta e'tibor qaratmoqçi emasmiz. Öyin oldidan bu bizga ijobiy ta'sir qilmaydi. Töğri, bu – ajoyib natija, lekin u abadiy davom etmaydi.

– Xavi OÇLdagi safar öyinlariga köp ham bormaydi. Bu mavsumda ham Jiddadagi «Al-Ahli» bilan öyinga bormadi. «As-Sadd»ning Xavi bilan va Xavisiz öyinida qanday farq sezdingiz?
– Safar öyinlariga har doim ham boravermaydigan Xavining Toşkentga kelgani u «Paxtakor»ni yetarliça kuçli jamoa deb hisoblayotganini anglatadi. U hozir avval öynagan pozitsiyada töp tepmayapti. Yoşiga qaramay, hamon özi öynayotgan ampluada juda foydali futbolçi.

– Jarohati bor A'zamov va Simiç safga qaytişdimi?