Kun.uz saytida «Haj-2019. Keksa ziyoratçilar uçun navbatlar, kutişlar va tekşiruvlarga barham beriladimi?» sarlavhali maqola e'lon qilinib, unda Toşkent şahrida Haj va Umra ziyoratiga otlanayotgan ziyoratçilar Mirzo Uluğbek tumanidagi 5-son oilaviy poliklinikada katta qiyinçiliklar evaziga tibbiy tekşiruvdan ötkazilayotgani haqida söz yuritilgandi.

Maqoladan keyin Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Diniy işlar qömitasi Kun.uz’ga uşbu vaziyat yuzasidan ma'lumot taqdim etdi. Unga köra, Umraga boruvçi ziyoratçilarni tibbiy körikdan ötkaziş yaşaş manzilidagi tuman tibbiyot birlaşmalarida taşkil etiladi.
«2018 yilning 28 oktyabridan Saudiya Arabistonining Jidda şahriga haftada 3ta aviaqatnov amalga oşirilgan bölsa, joriy yilning 31 mart kunidan e'tiboran har kuni bittadan aviaparvoz yölga qöyildi. Avvalgi yillarda bir yilda 10 ming nafar ziyoratçi Umra safariga borgan bölsa, hozir faqatgina bir oyda 7 ming nafar yurtdoşimiz muborak ziyoratni ado etmoqda.
Ötgan yilning 28 oktabr kunidan joriy yilning 4 aprel kuniga qadar 15 ming fuqaro Umra ziyoratini ado etdi. Ramazon oyigaça uşbu körsatkiç 30 mingga yetişi rejalaştirilgan. Bundan közlangan maqsad — hozirgi kunda Umra safariga boriş istagida bölgan fuqarolarimizning köp yillik navbatlarini bartaraf etişdir.
Joriy yilning 1 aprel sanasidan e'tiboran Umra safariga boradigan yurtdoşlarimizning soni keskin oşganligi sababli, ziyoratçilarni tibbiy körikdan ötkaziş fuqarolarning doimiy yaşaş manzillaridagi tuman tibbiyot birlaşmalari orqali taşkil etiladigan böldi. Bu bilan tibbiyot muassasalaridagi navbatlar va ortiqça ovoragarçiliklar bartaraf etilişi közda tutilgan», deyiladi DIQ matbuot xizmati ma'lumotnomasida.











