Feldmarşal Xalifa Haftarning Liviya milliy armiyasi (LMA) va Milliy kelişuv hukumati (MKH) qöşinlari töqnaşuvi oqibatida kamida 51 kişi halok böldi, deb xabar qilmoqda Associated Press agentligi.
Qayd etilişiça, halok bölganlar orasida ham harbiylar, ham oddiy fuqarolar bor.
Avvalroq, Reuters agentligi harbiy mojaro oqibatida 25 kişi halok bölgani haqida xabar bergandi. Şuningdek, 80ga yaqin kişi yaralangani töğrisida ma'lumotlar tarqaldi.
Bundan oldin, liviyalik marşal Haftar muzokaralardan boş tortgandi.
Xususan, Liviya milliy armiyasi qömondoni, marşal Xalifa Haftar BMT boş kotibi Antoniu Guterrişning poytaxtdagi hukumat rahbari Fayoz as Saraj bilan Jyenevada uçraşiş haqidagi taklifini rad etdi.













