2018 yilning 23 avgust kuni Kun.uz saytida «Baxmaldagi maktablardan birida muammo: sinfxonalar yetişmayapti» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi. Maqolada Jizzax viloyatining Baxmal tumani «Ğallakon» MFY, Udamali qişloğidagi 29-örta maktab holati qoniqarsiz ahvoldaligi, maktabda atigi 6ta sinfxonasi mavjud bölib, sinflar soni 13taga yetgani bois sinfxonalar bilan boğliq muammolar yuzaga kelgani bayon etilgandi.
Oradan sakkiz oydan ziyod vaqt ötdi. Yaqinda tahririyatga Baxmaldagi uşbu maktabda heç qanday özgariş bölmagani, muammolar öz yeçimini topmagani haqida yana murojaat kelib tuşdi.

Murojaatçilarning arznomasiga köra, bugungi kunda maktabdagi sportzal hali hamon avariya holatidaligi bois, öquvçilar undan foydalanmayapti. Maktab jamoasi bir neça bor murojaat qilganiga qaramay maqolada keltirilgan muammolar öz yeçimini topmagan. Vaholanki, udamaliliklarni qiynayotgan muammo maktabga qöşimça bino va sportzali qurilişi 2019 yilgi investitsiya dasturiga kiritilib, ayni şu kunlarda maktabda quriliş va ta'mirlaş işlari boşlanmoği lozim edi.

«Maqoladan söng heç qanday özgariş bölmadi. Maktabimiz 2019 yil investitsiya dasturiga kiritilişini istagandik, ammo tuman xalq ta'limi bölimidagilar bu yil maktabimiz dasturga kiritilmagani, tumanda bundan oğirroq şaroitdagi maktablar borligi, navbat bilan barça maktablarda şaroitlar yaxşilanişini aytişdi. Sinflar yetişmasa-da imkoniyatdan kelib çiqib darslarni ötyapmiz. Maktab hududida joylaşgan mahalla fuqarolar yiğinidan ikkita xonani vaqtinça olganmiz. Xonalarga 20 nafar bola siğişi mumkin.
Muammo şu bilan çegaralanib qolsa koşki edi. Mahalla fuqarolar yiğiniga kelgan fuqarolar dars jarayoniga xalaqit berişi ham bor gap», — deydi maktab direktori Botir Döstbekov.
























