Vazirlar Mahkamasining “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini işlab çiqiş va kelişişning yagona elektron tizimini joriy etişning taşkiliy çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror Yagona elektron tizimni, şu jumladan, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bölinmalarida joriy etiş va uzluksiz işlaşini ta'minlaş, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini işlab çiqiş va kelişiş (viza qöyiş) jarayonining zaruriy şaffofligini ta'minlaş hamda tezlaştiriş maqsadida qabul qilindi.
Hujjat bilan Yagona elektron tizimda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini elektron körinişda kelişiş (viza qöyiş) “Elektron raqamli imzo töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq sertifikati Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan elektron raqamli imzo bilan amalga oşiriladi.
Şunday tartib örnatiladiki, unga köra:
2019 yil 1 maydan 1 iyulga kadar Özbekiston Respublikasi qonunlari, Özbekiston Respublikasi prezidenti va Özbekiston Respublikasi hukumatining hujjatlari loyihalarini manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari tomonidan işlab çiqiş va kelişiş (viza qöyiş)da Yagona elektron tizimning pilot loyihasi joriy etiladi hamda ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritiş belgilangan tartibda qoğoz körinişida yoxud Yagona elektron tizim orqali elektron körinişda amalga oşiriladi;
2019 yil 1 iyuldan 1 oktyabrga qadar - Vazirlar Mahkamasi apparatida Yagona elektron tizimning pilot loyihasi joriy etiladi va unga köra manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari tomonidan işlab çiqilgan va kelişilgan (viza qöyilgan) Özbekiston Respublikasi qonunlari, Özbekiston Respublikasi prezidenti va Özbekiston Respublikasi hukumatining hujjatlari loyihalari Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda ustuvor ravişda Yagona elektron tizim orqali elektron körinişda kiritiladi;
2019 yil 1 oktyabrdan boşlab va keyingi davrda - manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari tomonidan işlab çiqilgan va kelişilgan Özbekiston Respublikasi qonunlari, Özbekiston Respublikasi prezidenti va Özbekiston Respublikasi hukumatining hujjatlari loyihalari kelişiş (viza qöyiş) hamda keyinçalik qabul qiliş uçun Vazirlar Mahkamasi va Özbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasiga faqat Yagona elektron tizim orqali elektron körinişda kiritiladi.
Hukumat tarkibiga kirmaydigan davlat organlari va boşqa taşkilotlarga Özbekiston Respublikasi qonunlari, Özbekiston Respublikasi prezidenti va Özbekiston Respublikasi hukumatining hujjatlari loyihalarini işlab çiqiş, manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari bilan kelişiş (viza qöyiş) va kiritişning mazkur qaror bilan belgilangan tartibini norma ijodkorligi faoliyatiga joriy etiş tavsiya etilgan.

















