Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bahodir Jalolov titul kamari uchun kechgan jangda g‘alaba qozondi

O‘zbekistonlik Bahodir Jalolov bugun professional boksdagi oltinchi jangini o‘tkazdi. AQShning Nyu-York shtatida “NABF Junior Heavyweight Title” titul kamari uchun kechgan bahsda vakilimiz o‘z ustunligini namoyish qilib, yakunda g‘alabani tantana qildi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, amerikalik Brendan Barretga qarshi ringga ko‘tarilgan Bahodir jang to‘liq yakuniga yetmasdan, aniqrog‘i, birinchi raundning o‘zida raqibini nokautga uchratdi. Ta'kidlash joiz, jang sanasiga bir kun qolganda raqib o‘zgargan edi. Biroq bu holat yurtdoshimizga sira xalal bermadi.
Shu tariqa Jalolov o‘zining oltinchi jangini ham muddatidan avval yakunlab, “NABF Junior Heavyweight Title” titul kamarini qo‘lga kiritish bilan birga super og‘ir vazn toifasining reytingida yanada yuqori pog‘onaga ko‘tariladigan bo‘ldi.
Endi bokschimiz 16-27 aprel kunlari Tailandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun terma jamoa ixtiyoriga qo‘shiladi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

11:56 / 07.07.2025
Navbahor Hamidova jahon kubogida g‘olib chiqqan ilk o‘zbekistonlik ayol bokschi bo‘ldi

22:13 / 20.06.2025
Yaponiyalik bokschi chempionlik unvoni uchun jangdan so‘ng xotirasini yo‘qotdi

16:32 / 13.06.2025
Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

10:48 / 31.05.2025